
Ketishimda Mbappening qo‘li yo‘q!
“Pari Sen-Jermen”ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoadan iste’foga chiqarilishida Kilian Mbappening daxli yo‘qligini ta’kidladi.
Ko‘plab ommaviy axborot vositalari argentinalik mutaxassisning ketishini jamoa yulduzi Kilian Mbappe talab qilgani haqida yozgan edi.
PSJ Mbappeni saqlab qolish uchun qo‘lidan kelgan ishni qilgani to‘g‘ri bo‘lgan, deb hisoblayman. U bugungi kunda dunyoning eng zo‘r o‘yinchilaridan. Kilianni qolishga ko‘ndirish uchun parijliklar bor imkoniyatini sarfladi.
Shunga qaramay, Kilian jamoa yangi mavsumni boshqa bosh murabbiy bilan boshlashini hal qiladigan figura emas. Chunki klubda barcha qarorlarni prezident qabul qiladi, - dedi Maurisio Pochettino.
Fikrlar