Keyn hech kim qilolmagan ishni uddaladi
“Tottenxem” forvardi Harri Keyn “Sheffild” darvozasini ishg‘ol qildi.
Garchi uchrashuvda Mourino shogirdlari yutqazgan bo‘lsa-da, keyin Angliya premer-ligasida hech bir futbolchi qayd etolmagan natijaga erishdi.
Keyn yagona javob to‘pini kiritganidan keyin premer-liganing o‘ziga qarshi o‘ynagan barcha jamoalarga gol urgan yagona hujumchiga aylandi. 26 yoshli to‘purar jami 29 ta jamoaga qarshi maydonga tushib, barchasining darvozasiga to‘p kirita olgan.

Fikrlar