Keyn Lempardning tarixiy rekordini yo‘qqa chiqardi
“Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn “JCh-2022” saralashining 3-turida Angliya terma jamoasi Polshani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishiga katta hissa qo‘shdi.
Opta Sports statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, Keyn o‘yinda terma jamoada penaltidan kiritilgan gollari sonini 10 taga etkazib oldi. U shu tariqa, Angliya terma jamoasi tarixida penaltidan eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.
Bundan avvalgi rekord Frenk Lempardga tegishli edi. Uning terma jamoada penaltidan kiritgan gollari soni 9 tani tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi saralashning dastlabki 3 ta turida 100 foizlik natija qayd etib, 9 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar