
Keyn Messi va Ronaldudan ilhomlanishi aytdi
Xarri Keyn Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning futboldagi uzoq faoliyatidan ilhomlangani haqida gapirdi.
- Krishtianu Ronaldu, Luka Modrich va Lionel Messi kabi 35 va 40 yoshlardagi o‘yinchilarga qaraganimda, bu meni ilhomlantiradi. Sababi, bu sen uzoq vaqt davomida yuqori saviyada o‘ynashing mumkinligini ko‘rsatadi.
Men imkon qadar uzoq vaqt davomida eng yuqori saviyada futbol o‘ynashni xohlayman. Men bu futbolchilarni motivatsiya va ilhom manbai deb bilaman, - dedi "Bavariya" va Angliya terma jamoasining 31 yoshli hujumchisi.
Fikrlar