Keyn "Tottenxem"dan ketmoqchi

  • 4 oktabr, 2019, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn mavsum yakunlangach jamoadan ketishi mumkin. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli futbolchi “shporlar” safida hech qanday sovrin yuta olmayotgani sabab shu haqda o‘ylay boshlagan. Biroq, londonliklar uni qo‘yib yuborishni rejalashtirishmayapti. Juda katta mablag‘ taklif qilingan holatda ular bu boradagi fikrlarini o‘zgartirishlari mumkin xolos.

Ma’lumot uchun, Keyn shu kungacha “Tottenxem” safida jami 262 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 171 ta gol hamda 29 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!