Kikboksing. Terma jamoamiz jahon kubogiga yo‘l oldi

CHERY AUTO

17-21 may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida kikboksing bo‘yicha jahon kubogi bo‘lib o‘tadi. Ma’luomtlarga ko‘ra mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 62 mamlakatidan 3000 dan ortiq sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun Turkiyaga yo‘l oldi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, kikboksing bo‘yicha jahon kubogi baxslarida  asosiy tarkib vakillari qatori yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari a’zolari  ham g‘oliblik uchun ringga ko‘tarilishadi. Musobaqa oldi yakuniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini sportchilarimiz poytaxtimizda o‘tkazishdi. Murabbiylar so‘nggi bosqichda asosan raqib bilan ishlash va texnik jihatlariga katta e’tibor berishga xarakat qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!