
Kimmix: "Mane Levandoskidek bo‘la olmaydi"
"Bavariya" futbolchisi Joshua Kimmix Levandovskining ketishi va uning jamoadagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
"Hamma qatori men ham uning ketishini istamagandim. Leva bizga hali ko‘p foyda keltira olardi.
Robertsiz biz 20-30 ta gollarni yo‘qotdik. Uning o‘rnini to‘ldirish lozim.
Albatta, Sadio ajoyib futbolchi. Ammo u Levandovski kabi bir mavsumda 30 talab gol uradi, deb o‘ylamayman.
U gollarga o‘ch, doim olg‘a intilishni va sovrinlarni yutishni istaydigan hujumchi. U moslashuv jarayonini ajoyib tarzda engib o‘tdi", - dedi germaniyalik yarim himoyachi.
Fikrlar