Kimmiх: "Men PSJga o'tish haqida Luis Enrique bilan gaplashdim"

  • 09.06.2026 16:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya terma jamoasi sardori va yarim himoyachisi Yozua Kimmix 2024 yilda "Bavariya"ni tark etib, "Pari Sen-Jermen"ga o‘tishi mumkin bo‘lganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu davrda parijliklar futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan.

"PSJ menga eng katta qiziqish bildirgan klub edi, – deya Kimmixning so‘zlarini keltiradi AS nashri. – Men Luis Enrike bilan suhbatlashdim. Aytilish kerakki, ular juda yaxshi ish olib borishdi, men ularga rostdan ham kerakligimni his qildim. Moliyaviy jihatdan takliflari haqiqatan ham juda katta edi. Lekin men qarorimda pul hal qiluvchi omil bo‘lishini istamadim".

Yozua Kimmix 2015 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda. U myunxenliklar safida 494 o‘yin o‘tkazib, 47 ta gol urgan va 131 marta golli pas bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!