
Qaysar Klopp yulduzlar xizmatidan voz kechdi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozda yulduz futbolchilarni olib kelinishiga qarshi chiqdi.
- Dunyoda yaxshi futbolchilar ko‘p. Timo Verner ham, Kay Xaverts ham zo‘r o‘yinchi. Lekin bunaqa qimmat transferlarni amalga oshirish uchun qulay fursat bo‘lishi kerak. Hozir unday emas. Yaqinda hali futbol o‘ynash-o‘ynamasligimizni bilmasdik, - dedi Klopp.
Germaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, futbolchilardan maoshlarini qisqartirishni so‘rab, keyin 50-60 million evroga yangi o‘yinchilarni olish adolatsizlikdir.
Fikrlar