Klopp "Aston Villa"dan uchralgan sharmandali mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 18.12.2019 18:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp kecha Angliya liga kubogi doirasida “Aston Villa”dan (5:0) uchralgan sharmandali mag‘lubiyatni quyidagicha izohladi.

Tecno

“Biz shunday qaror qabul qilishga majbur bo‘ldik. Biz Liga kubogining qaysi bosqichigacha chiqishni bilishimizdan oldin klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga taklif etilishimizni bilgandik.

Biz Qatarga shunchaki kelmadik. Biz bor kuchimizni bermoqchimiz. Men jamoamni favorit deb hisoblamayman, men ushbu musobaqada birinchi marta ishtirok etyapman va shu bois biz shunchaki da’vogarlar qatoridamiz”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” bugun klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida Meksikaning “Monterrey” klubiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Admiral_uz
18/12/2019 19:14
Menga odamlar el classico deb aytayotgan o'yindan ko'ra, Monterrey - Liverpool o'yini muhim, bu o'yinni Sport tv qo'yarmikan, kecha qayoqdagi Verder-Maynz o'yini deb Flamengoni o'yinini ko'rolmadin