Klopp boshqargan jamoalar 2006 yildan buyon bunday natija qayd etmagan edi

  • 22 yanvar, 2021, 13:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” kecha APLning 18-turida o‘z maydonida “Byornli”ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Mersisaydliklar qatorasiga 4 ta o‘yindan buyon premer-liga bellashuvlarida gol ura olmayapti. Ular bundan avval "Sautgempton" (0:1), "Nyukasl" (0:0) va "Manchester Yunayted"ga (0:0) qarshi o‘yinlarda ham raqib darvozasiga yo‘l topa olmagan edi.

E’tiborlisi, Yurgen Klopp boshqaruvidagi jamoalar 2006 yildan buyon ketma-ket 4 ta o‘yinni golsiz o‘tkazmagan.

Bu “Liverpul” uchun so‘nggi 20 yillikdagi eng yomon golsiz natija bo‘ldi. Ular so‘nggi bor premer-ligada 2000 yilda bunday holatga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!