Klopp: "Enfild" muhitini soʻginaman, ammo hozirgi hayotim menga juda yoqmoqda"
"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Enfild"dagi oʻziga xos muhitni sogʻinishini tan oldi.
Ayni vaqtda germaniyalik mutaxassis "Red Bull" tizimida futbol yoʻnalishi rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda.
"Men har kuni uygʻonganimda aynan shu muhit kerak, deb oʻylamayman, ammo uni sogʻinaman. Bu menga juda yoqardi.
Men koʻp ishlayman va ishlashni xohlayman. Hozirgi farq shundaki, uch kun ishlab, keyin toʻrt kun hech narsa qilmasligim ham mumkin. Bu hayotimdagi eng yaxshi holat.
Men ishlamaslik uchun tugʻilmaganman. Ammo hayotdan yana nimadir olish uchun boshqacha yoʻl topishim kerak edi", — dedi Klopp.
Fikrlar