Klopp Germaniya terma jamoasiga asosiy darvozabon tanladi

  • 16.09.2026 18:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yoz mavsumida Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi va hozir birinchi o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Fussball Transfers nashrining Bild gazetasiга tayanib xabar berishicha, Klopp asosiy darvozabon sifatida Mark-Andre ter Shtegеnni tanlagan. Manbaga ko‘ra, agar 34 yoshli posbon yaxshi sport formasini saqlab qolsa, u terma jamoada birinchi raqamli darvozabon bo‘lib qoladi.

Xabarda aytilishicha, Klopp allaqachon Mark-Andre ter Shtegеn bilan bog‘langan va u bilan shaxsiy suhbat o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida Mark-Andre ter Shtegеn «Barselona» klubidan «Ayaks» jamoasiga ijara asosida o‘tgan edi. Germaniya terma jamoasi safida u shu kunga qadar 44 ta o‘yin o‘tkazib, darvozasidan 54 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Germaniya terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi 24 sentabr kuni Niderlandiyaga qarshi o‘yin bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!