Klopp "Liverpul" bilan 3-sovrinni yutdi

  • 22 dekabr, 2019, 03:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Liverpul" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida "Flamengo" klubiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi va qo‘shimcha bo‘limlarda Firmino tomonidan kiritilgan yagona gol "mersisaydliklar"ga chempionlikni taqdim etdi.

Tecno

Ushbu g‘oliblik, Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul" uchun uchinchisi bo‘ldi. Germaniyalik mutaxassis 2015 yildan buyon ingliz klubini boshqarib kelmoqda.

Joriy yilning 1 iyun kuni EChL finalida Klopp shogirdlari "Tottenxem" (2:0) ni taslim etgan edi. "Liverpul" 14 avgust kuni UEFA Superkubogida "Chelsi" (2:2, penaltilar bo‘yicha 5:4) ni mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!