Klopp “Real”ga kelsa, olinadigan futbolchilar ro‘yxatini berdi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiy masalasini to‘liq hal qilgani yo‘q. Garchi Xabi Alonso iste’foga chiqarilganidan keyin uning o‘rnini Alvaro Arbeloa egallagan bo‘lsa-da, hali bu mutaxassis top-darajada ishlamagani unga pand berishi mumkin.
“Qirollik klubi” bosh murabbiy lavozimiga Yurgen Kloppni mo‘ljallayapti. Germaniyalik mutaxassis “Real”ni boshqarishga moyillik bildirgani aytilmoqda.
Shu bilan birga agar Klopp Madriddga keladigan bo‘lsa, jamoada bir qator o‘zgarishlarni talab qiladi. Bu haqida TEAMtalk ispan manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, 58 yoshli murabbiy ikki nafar yangi markaziy himoyachi xarid qilinishini istaydi. Klopp “Bavariya” himoyachisi Dayo Upamekanoga qiziqish bildirgan. Shuningdek, u “Kristal Pэlas”dan Mark Gexini ham ko‘rishni istagan, ammo futbolchi “Manchester Siti”ni tanlab bo‘ldi.
Bundаn tashqari, Klopp chap himoyachi pozitsiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va bu pozitsiya uchun “Bornmut” futbolchisi Aleks Ximenes nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Yana bir ustuvor yo‘nalish — markaziy yarim himoya. Klopp o‘z ro‘yxatiga “Nyukasl”dan Bruno Gimarains va “Shtutgart”dan Angelo Shtillerni kiritdi.
Shuningdek, “Real”ga yangi o‘ng qanot hujumchisi ham kerak, ehtimoliy variant sifatida “Borussiya Dortmund” yetakchisi Karim Adeyemi tilga olinmoqda.
Fikrlar