
Klopp shu o‘yinchini olib, katta xato qilganini tushundi
“Liverpul” maydon markazini mustahkamlash uchun “Yuventus”dan braziliyalik yarim himoyachi Artur Meloni ijaraga olgan edi. Bosh murabbiy Yurgen Klopp bu futbolchi o‘zi qo‘llayotgan o‘yin sxemalariga to‘la mos tushishini ta’kidlagandi.
Lekin amalda unday bo‘lib chiqmadi. Artur germaniyalik mutaxassis kutgan o‘yinni namoyish qila olmayapti.
Italiya matbuotining yozishicha, “Liverpul” rahbariyati tajribali futbolchini bir yillik ijara muddati tugamay turib, qishki transferlar oynasi ochilishi bilan Turinga qaytarib yubormoqchi.
Braziliyaning “Gremio” jamoasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 26 yoshli futbolchi Evropada “Barselona” va “Yuventus” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar