Klopp yozda super hujumchi olishni xohlagan

"Liverpul" yozgi transfer vaqtida "Lids" hujumchisi Patrik Bemfordni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan. Bu haqda 90min.com yozmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, uning transferini "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning shaxsan o‘zi xohlagan. Ammo bu transfer amalga oshmadi. Yakunda hujumchi "Lids" bilan 5 yillik yangi bitim imzoladi. "Transfermarkt" portali  Patrikni 22 million evroga baholamoqda. 

2020/21 yilgi mavsumda Bemford 38ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol urgan hamda 8ta golga assistentlik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!