Klopp zo‘r darvozabonni kutyapti

  • 05.02.2021 16:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” rahbariyati jamoa darvozabonlari o‘rtasida raqobatni oshirish uchun yangi posbon olib kelishni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda Yurgen Klopp “Leyptsig” darvozasini munosib qo‘riqlayotgan Peter Gulachiga ko‘z tikmoqda. Gulachi 2017 yildan beri “Leyptsig” sharafini himoya qilmoqda va Bundesligada eng kam gol o‘tkazadigan darvozabonlardan biri hisoblanadi.

Transfer summasi 15 million evroga baholanayotgan vengriyalik golkiper joriy mavsumda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, shulardan to‘qqiztasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!