Kloppning “Liverpul”iga Germaniya terma jamoasi futbolchisi etishmayapti
Germaniya terma jamoasi hamda “Volfsburg” klubi yarim himoyachisi Yulian Draksler faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. The Times nashrining ma’lum qilishicha “Liverpul” klubi 23 yoshli futbolchini sotib olishga jiddiy bel bog‘lagan.
Aytish kerakki, Draksler qishki transfer davrida o‘z jamoasini almashtirishni istamoqda. O‘z navbatida “bo‘rilar” rahbariyati ham bunga qarshi emas. Agar yaxshi taklif chiqsa, nemis klubi futbolchini sotishga tayyor.
Avvalroq PSJ, “Arsenal” va “Sevilya” kabi jamoalar Drakslerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanliklari haqida xabarlar tarqarlgan edi. Endi ular safiga “Liverpul” ham qo‘shildi.
Ma’lumot uchun, Draksler ushbu mavsumda jami 14ta uchrashuvda maydonga tushgan va bor yo‘g‘i 1ta golga assisentlik qilgan holos.
Fikrlar