
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finali boshqa joyga ko‘chirildi
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldin rejalashtirilganidek Ar-Rayyanda emas, balki Doha shahridagi 45416 muxlisga mo‘ljallangan "Xalifa" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Er-Rayyan shaxrida ikkala yarim final, uchinchi va beshinchi uchun o‘yinlar va final bahsi o‘tkazilishi kerak edi.
Yangi stadion qurilishi tugallangan, biroq arena sertifikatni qo‘lga kiritish jarayoni cho‘zilib ketdi. Stadionning rasmiy ochilishi 2020 yilga qoldirildi.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati Katarda 11-21 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
"Xalifa" stadioni
Fikrlar