
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati qachon va qaerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, ushbu turnir 2022 yilning iyun oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadi. FIFA bu haqda yakuniy qarorga kelib bo‘lgan. Faqat, bu haqda tez orada rasman e’lon qilinadi.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yangi formatda o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra turnir har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi va unda 24 ta klub ishtirok etadi. Dastlab ushbu turnir 2021 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo, “Evro-2020”ning kelgusi yilga qoldirilishi rejalarni o‘zgartirib yubordi.
Fikrlar