Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. Xavi boshqaruvidagi "Al-Sadd" Meksika klubiga yutqazdi

  • 15 dekabr, 2019, 01:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2019 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq, "Al Hilol" klubi Tunisning "Esperans" jamoasini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l olganini ma’lum qilgan edik.

Qatarning "Al-Sadd" jamoasi esa 1/4 final bosqichida Meksikaning "Monterrey" klubiga qarshi to‘qnashib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani tark etdi.

Yarim finalda "Al Hilol" va "Flamengo" o‘zaro to‘qnash kelsa (17 dekabr), ikkinchi juftlikda "Liverpul" va "Monterrey qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi (18 dekabr).

"Monterrey" (Meksika) – "Al-Sadd" (Qatar) 3:2 (2:0, 1:2)

Gollar: 1:0 – 23 Vandjoni, 2:0 – 45 Funes Mori, 2:1 – 66 Bunedja, 3:1 – 77 Rodriges, 3:2 – 89 Xassan.

"Monterrey" – Barovero, Vandjoni, Montes (Basanta, 86), Medina, Sanches, Pisarro (Layyun, 80), Gonsales, Galyardo, Funes Mori, Pabon (Mesa, 73), Rodriges.

"Al-Sadd" – Al-Sheb (Eysa, 85), Al-Xadjri (Chjon U En, 71), Xassan, Pedru Migel, Salman, Gabi, Xuxi, Nam Txe Xi, Afif, Xalid, Buneja.

Ogohlantirishlar: Buneja (32), Xuxi (37), Pedru Migel (41), Gonsales (55), Sanches (61), Salman (75).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!