"Klubning orzusi ertami-kechmi amalga oshishi kerak. Shartnomam tugadi, takliflar bor, faqat..." - "Navbahor" etakchisi qanday yo‘l tutmoqchi?

  • 30.11.2021 19:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Navbahor” klubida doim yaxshi saviyadagi futbolchilar to‘p surishgan. Qolaversa, bunday jamoa sharafini himoya qilishning ham gashti boshqacha. Buni ayniqsa jamoa etakchilari yaxshi his qilishadi.

Yarim himoyachi Mirzohid G‘ofurov namanganlik bo‘lgani uchun ham “Navbahor”ga sodiqligini bir necha yillardan beri ko‘rsatib kelyapti. U klubning muhim o‘yinchisi va doimiy ravishda asosiy tarkibdan joy egallab keladi.

G‘ofurov joriy mavsumda ham katta hajmdagi ishni bajardi. Doim uning tajribasi jamoasiga asqotgan. Mazkur o‘yinchi yakuni etgan mavsum, “Navbahor”ning ishtiroki va keyingi rejasi haqida Sports.uz muxbiriga quyidagilarni aytdi.

Joriy mavsum haqida

- Bu yil yaxshi o‘yinlar bo‘ldi. “Paxtakor”ni hisobga olmaganda sovrinli o‘rinlar uchun kurash oxirgi turgacha davom etdi. Xuddi shuningdek, Superligada qolish uchun intriga ham jiddiy tarzda kechdi. Mana shu tomonlama chempionatdagi kurash yoqimli bo‘ldi. Yildan-yilga saviya o‘sib boryapti deb o‘ylayman. Chunki raqobatbardosh jamoalar ko‘payyapti. Joriy mavsumdagi yoqimsiz holatga kelsak, biz o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifani uddalay olmadik.

mirzoxid2

“Qo‘qon-1912”ga boy berilgan o‘yin

- Oxirgi o‘yinda o‘zimizni xatolar evaziga yutqazdik. Birin-ketin gollarni o‘tkazib, vaziyatdan chiqib keta olmay qoldik. Ruhan tushkunlikka tushib qoldik. E’tibor bergan bo‘lsangiz, hali chempionat davomida o‘z darvozamizdan uchta gol o‘tkazib yubormagandik. Qo‘qonliklar tezkor gollar urdi. Omad ham ularga kulib boqdi. Bu biz uchun kutilmagan holat edi. Biz ham so‘nggi turda muxlislarimiz oldida yilni g‘alaba bilan yakunlashni xohlagandik. Ammo bunday mag‘lubiyatni kutmagandik va xohlamagandik.

mirzoxid3

“Navbahor”ning ishtiroki to‘g‘risida

- Kutilmagan mag‘lubiyatlar ham sabab bo‘ladi va shu orqali biz kerakli ochkolarni yo‘qotib qo‘ydik. Masalan, uyimizda ham ochkolarni boy berdik. Mana shunday kutilmagan omadsizliklar evaziga vazifani uddalay olmadik. Bundan tashqari, murabbiylar o‘zgarishi ham bo‘ldi. Dastlab No‘’mon aka Hasanov jamoani tayyorladi. Undan so‘ng, Viktor Jalilov ishni davom ettirdi. Keyin Samvel Babayan keldi. Ammo yaxshi tomonga o‘zgarishlar bo‘ldi. Samvel Vyacheslavovich bizga ko‘rsatdiki, ikkinchi davrada ochko yig‘ish bo‘yicha “Paxtakor”dan keyin ikkinchi o‘rinda ekanmiz. Demak, o‘sish bor. Jamoa Samvel Babayanga ishonib topshirildi. Klubning orzusi ertami-kechmi amalga oshishi kerak.

mirzoxid

Chempionlik xususida

- Har yili chempion, chempion deb gapiriladi. Keling, endi shuni aytmasdan boricha, kuch bilan belni bog‘lab turib harakat qilaylik. Hammasini ish, o‘yin va natija bilan ko‘rsatib qo‘yaylik.

mirzoxid1

Shartnomasi tugayotgan Mirzohid G‘ofurovning keyingi rejasi qanday?

- Haqiqatan shartnomam tugadi. Ammo hali klubdan ketganim yo‘q. Mavsum endi tugadi. Hozir biroz hordiq chiqarmoqchiman. Ketish yoki qolish masalasida hali o‘ylab ko‘rmadim. Albatta, klub tomonidan menga yana taklif bildirilgan va qolib yordam berishimni xohlashyapti. Yaqin kunlarda hammasiga oydinlik kiritiladi. Takliflar bo‘lib turibdi. Faqat bir necha yildan beri bitta jamoada o‘ynayotganim uchun meni o‘sha erda qoladi deb o‘ylashadi. Takliflar bor-u, ammo “Navbahor”da qolganim yaxshimi, deyman-da. Bu klubda beshinchi mavsumni tugatdim. “Navbahor” yangi mavsum uchun hozirdan rejalarni ishlab chiqyapti. Boya aytganimdek, menga ham qolish bo‘yicha taklif bildirishgan. Og‘zaki kelishuv bor. Bu o‘z uyim. Tug‘ilib o‘sgan shahrim jamoasini himoya qilish men uchun sharaf.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!