KO‘JCh."Flamengo" "Chelsi" ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 21.06.2025 00:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 2-turidan o‘rin olgan yana bir bahs o‘z nihoyasiga etdi. "Chelsi" kutilmaganda "Flamengo" jamoasiga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv angliyaliklar uchun yaxshi boshlandi va 15-daqiqada Pedro Neto hisobni ochdi — 1:0. Birinchi bo‘lim shu tarzda yakunlandi. Ammo ikkinchi taymda Entso Mareska shogirdlari o‘z darvozalaridan 3 ta to‘p o‘tkazib yubordi. 62-daqiqada Enrike jamoasining hujumini gol bilan yakunlanib, muvozanatni tikladi — 1:1. Bu muvaffaqiyatdan 3 daqiqa o‘tib, braziliyaliklar yana bir gol urishga erishdi. Bu safar Danilo golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlanishiga 7 daqiqa qolganda esa Yan jamoasining 3-golini urdi va nuqtani qo‘ydi.

Bu g‘alabadan so‘ng "Flamengo"ning ochkolari soni 6 taga etdi va ular D guruhida peshqadamlik qilishmoqda. "Aristokratlar" esa 2-turdan so‘ng 3 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!