
Kojo: Pro ligami, Superligami farqi yo‘q, istalgan payt borimni berishga tayyorman
Superliga 2-turi doirasidagi «Dinamo» - «Neftchi» o‘yini oldidan samarqandliklar forvardi Kojo Joel klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
«Neftchi»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik. «Neftchi» ham «Navbahor»dan kam bo‘lmagan raqib, ularga qarshi o‘yinda bor kuchimizni ishga solamiz va oxirigacha kurashamiz. O‘yinga tayyormiz desam bo‘ladi.
Superligadagi debyut golim? Pro ligami, Superligami farqi yo‘q, istalgan payt borimni berishga tayyorman. Chunki har doim kurashga va nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga shayman. Jamoamizda atmosfera, kayfiyat yaxshi, o‘zimga ham, jamoamizga ham to‘liq ishonaman.
Jizzaxdagi stadionda muxlislarimiz qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi. Chunki futbolni ishqibozlarsiz tasavvur qilish qiyin», - deydi Kojo.
Fikrlar