Kolbi Kovington jiddiy ish bilan shug‘ullanmoqchi

  • 24.12.2023 11:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Amerikalik UFC jangchisi Kolbi Kovington professional faoliyatidan keyin nima qilishni hohlashi haqida gapirdi.

Men siyosatchilarning barchasidan aqlliroqman. Men miyamni to‘g‘ri ishlata olaman va vaziyatlarga tez moslashaman. Hayotda xohlagan narsamga erishish uchun ham etarlicha aqlim bor. Men bu haqida ko‘p o‘ylaganim yo‘q, lekin bir kun kelib siyosatga kirishni juda xohlayman. Ehtimol, Kongress, Senat  yoki shunga o‘xshash joyga, balki Florida gubernatori bo‘larman. Bu haqiqatan ham mening orzuim va bu erishmoqchi bo‘lgan maqsadimdir", – dedi Kovington PDB You Tube podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Kovington(17-3) ayni damdagi so‘nggi jangi "UFC 296" turnirida britaniyalik Leon Edvards(21-3-1 N/C)ga qarshi bo‘lib o‘tdi. Bahs to‘liq davom etdi va hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Edvardsning g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!