
Kolo Muani "Yuventus"ga qaytishni xohlamoqda
PSJ hujumchisi Randal Kolo-Muani yaqin orada "Yuventus"ga o‘tishi kutilmoqda. Turin klubi 26 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi “Yuventus”ga tezroq qaytishni istamoqda. Forvard allaqachon "keksa sinora" bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. Futbolchi "Nyukasl", “Tottenxem” va Saudiya Arabistoni chempionati vakillari bilan muzokara qilishdan bosh tortgan.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.
Fikrlar