
Konferentsiyalar ligasi. Bugun "Roma" ishtirokidagi o‘yinni qaysi telekanal namoyish etadi?
Bugun Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Bellashuvlar orasida "Zariya" - "Roma" bahsi ham bor.
Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "bo‘rilar" safarda Ukrainaning "Zarya" klubi bilan kuch sinashadi.
Uchrashuvni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:45da boshlanadi.
Rimliklar joylashgan "S" guruhidagi ikkinchi bahs Norvegiyaning "Bude-Glimt" va TsSKA Sofiya klubi o‘rtasida kechadi. Bu bellashuv 21:45da start oladi.
Ma’lumot uchun, Joze Mourino shogirdlari birinchi turdan so‘ng guruhda peshqadam bo‘lib turibdi.
Fikrlar