Konferentsiyalar ligasida finalchilar aniqlandi

  • 19 may, 2023, 02:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Konferentsiyalar ligasining yarim final o‘yinlari o‘tkazildi. Unga ko‘ra, "Vest Xem" safarda "AZ"ni mag‘lub qilgan bo‘lsa, "Fiorentina" "Bazel" ustidan zafar quchdi.

Tecno

"Az" - "Vest Xem" bahsidagi yagona golni qo‘shib berilgan daqiqalarda Fornals urdi. Birinchi o‘yinda "bolg‘achilar" 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Umimiy hisob 3:1 ko‘rinishiga keldi.

"Bazel" - "Fiorentina" uchrashuvi esa 120 daqiqada davom etdi. Dastab Gonsales hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Admuni imkoniyatlarni tenglashtirgan bo‘lsa, Gonsales dubl qildi. 129-daqiqada Barak g‘alaba golini urib ketdi. "Fiorentina" "Bazel"ni umumiy 4:3 hisobida mag‘lub qildi.

Shu tariqa, "Vest Xem" va "Fiorentina" Konferentsiyalar ligasi finalida o‘zaro to‘qnash keladi. Mazkur uchrashuv 8-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!