Konor MakGregor: Men pul uchun jang qilmayman
Xabaringiz bor, 24 yanvar sanasida "UFC 257" musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Kechaning markaziy bahsida Konor MakGregor Dastin Porega qarshi kurash olib boradi. Ushbu turnir oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida irlandiyalik sportchi o‘zini nima ilhomlantirishi haqida gapirib o‘tdi:
"Mendan, nima uchun jang qilasan, axir Dena Uaytdan ham boysan-ku, deb ko‘p so‘rashadi. Menda esa maqsad va intilishlar boshqacha. Pul va chempionlik kamarlari bir kun ketadi. Bir kun kelib, o‘g‘lim bilan o‘tirib, o‘zim ishtirok etgan janglardagi yorqin lahzalarni ko‘rib o‘tirishni xohlayman. Ular kinodek o‘tishini xohlayman", - dedi Konor.



Fikrlar