Kontening "kursisi qimirlab qoldi", "Tottenxem" uning o‘rniga boshqa nomzod qidirmoqda

  • 4 yanvar, 2023, 08:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antonio Kontening "Tottenxem"dagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda.

Londonliklar so‘nggi turlarda salbiy natijalar qayd etayotgani bois italiyalik mutaxassisning "kursisi qimirlab qolgan". Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma joriy mavsum so‘ngiga qadar amal qiladi.

Xabarlarga ko‘ra, "shporlar" rahbariyati allaqachon murabbiyning o‘rniga boshqa nomzod qidirishni boshlagan. Konte bir necha kun oldin qo‘l ostidagi tarkibni tanqid qilib, "Bunday jamoa bilan faqatgina 4-7-o‘rinlar orasida yurish mumkin", degandi.

"Tottenxem" ayni paytda Premer ligada 30 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!