
Konya-2021. Olga Zabelinskaya delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medalni yozdirib qo‘ydi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Turkiyaning Konya shahrida Islom birdamlik o‘yinlari davom etmoqda.
Bugun velosportchilarimiz Olga Zabelinskaya, Aleksey Fomovskiy va Botir Ismatov velotrek bo‘yicha 4 dasturni o‘z ichiga olgan omnium bahslarida ishtirok etishdi.
Yakunda muvaffaqiyatli ishtirok etgan Olga Zabelinskaya kumush medalni delegatsiyamizga taqdim etdi. Ushbu dasturda ishtirok etgan Aleksey Fomovskiy va Botir Ismatovlarga biroz omad etishmadi.
Shu tariqa, V Islom birdamligi o‘yinlarida velosportchilarimiz 1ta oltin, 3ta kumush va 2ta bronza medal, jami 6ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar