Ko‘p gol urayotgan superhujumchi “Manchester Yunayted”ga o‘tadigan bo‘lyapti

  • 11 may, 2021, 07:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ayntraxt” klubi rahbariyati jamoa yulduzi Andre Silvani yozda Angliyaga jo‘natishga hozirlik ko‘rmoqda.

Tecno

Anchadan beri ko‘p gol ura oladigan hujumchi qidirayotgan Ule-Gunnar Sulsher o‘z shogirdlari orasida Andre Silvani ham ko‘rmoqchi. Bundesliga vakili rahbarlari agar “Manchester Yunayted” 40 million evro to‘laydigan bo‘lsa, bu transferni amalga oshirish uchun hech qanday to‘sqinlik yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Portugaliyalik hujumchiga “Real” ham qiziqish bildirmoqda. Madridliklar Silva uchun 20 million evro va “Qirollik klubi”da o‘yinini topolmay, “Ayntraxt”ga ijaraga yuborilgan Luka Yovichni berishni taklif qilyapti.

25 yoshli hujumchi joriy mavsumda Bundesligada 29 ta uchrashuvda qatnashib, 25 ta gol urishga erishdi. U “Ayntraxt”ga kelgunga qadar “Portu” va “Sevilya” klublarida to‘p tepgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!