
Ko‘pchilik kutayotgan yangilik. O‘runov “Spartak”da qachon debyut qilishini aytdi
“Spartak”ning o‘zbek legioneri Oston O‘runov yangi jamoasida qachon maydonga tushishi nafaqat muxlislarni, balki jurnalistlar va mutaxassislarni ham qiziqtirmoqda.
Shampionat.com sayti muxbiri Gayane Arakelyan Oston O‘runovdan qachon maydonga tushishga tayyor bo‘lishini so‘radi.
- Xudo xohlasa, keyingi o‘yinga tayyor bo‘laman, - deb javob berdi O‘runov.
“Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov ham jurnalistlar bilan muloqotda jamoaning yangi o‘yinchilari Kokorin va O‘runov ham o‘z sport formasini tiklayotgani, “Ufa”ga qarshi uchrashuvda debyutga guvoh bo‘lishimizni aytdi. Ko‘pchilik O‘runovning “Ufa”dan kelganini inobatga olib, debyut qiladigan futbolchi aynan Oston bo‘lishini taxmin qilmoqda.
“Spartak” navbatdagi uchrashuvni 19 avgust kuni Ufa shahrida o‘tkazadi.
Fikrlar