
Ko‘pchilikni qiziqtirgan savol: Eldor Shomurodov Qatarga keladimi?
Ayni paytda Qatarda Osiyo kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Ikkinchi tur bahslari boshlandi.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov jarohat olgandi va shu sabab jarrohlik amaliyotini o‘tagandi. Hozirgi kunda terma jamoamiz etakchisi tiklanish amaliyotini olib bormoqda.
Oxirgi paytlarda Shomurodov Qatarga kelishi va milliy terma jamoa futbolchilari bilan yonma-yon turishi haqida gap-so‘zlar uchramoqda. Ammo SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Eldor Qatarga kelmaydi. Klub bunga ruhsat bermagan. U tiklanish jarayonini klub ixtiyorida olib boradi. Shuningdek, Eldor Shomurodov yanvar oyi oxirigacha mashg‘ulotlarga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, Ilk turda Suriya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi bellashuvni 18 yanvar kuni Hindistonga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:30da boshlanadi.
Fikrlar