
Koronavirus pandemiyasida klublar qancha pul yo‘qotdi?
Koronavirus pandemiyasi dunyo futboliga katta ta’sir ko‘rsatdi.
FIFAning pandemiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbari Olli Renning ta’kidlashicha, 2020 yili butunjahon klublari 14 mlrd dollar zarar ko‘rdi.
Tashkilot barcha klublarning umumiy qiymatini 40-45 mlrd dollarga baholamoqda. Bundan kelib chiqib, zararlar bozor qiymatining uchdan bir qismiga to‘g‘ri keladi.
Qayd etilishicha, pandemiya Janubiy Amerikadagi futbolga eng ko‘p ta’sir o‘tkazgan. Shuningdek, FIFA Afrika va Osiyodagi vaziyatdan xavotirda.
Pandemiya oqibatlariga qarshi kurashish uchun FIFA 1,5 mlrd dollar ajratdi. FIFAning 211 ta a’zo assotsiatsiyasidan 150 tasi moliyalashtirish uchun ariza bergan.
Fikrlar