
Koronavirus sabab PSJ ishtirokidagi o‘yin bekor qilindi
Frantsiya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan "Strasbur" – PSJ uchrashuvi koronavirus epidemiyasi sabab qoldirildi. Bu haqda Frantsiya professional futbol ligasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahs bugun bo‘lib o‘tishi kerak edi. Hozircha, ushbu o‘yin qachon o‘tkazilishi noma’lum.
Ma’lumot uchun, PSJ ayni damda Liga 1 da 68 ochko bilan peshqamlik qilmoqda. Hisobida 38 ochko bo‘lgan “Strasbur” esa 10-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar