Koronavirus sababli Xabib va Fergyuson jangi qoldirilishi mumkinmi?
Dana Uaytning ta’kidlashicha, koronavirus epidemiyasi UFC 249 turnirining o‘tkazilishiga ta’sir qilmaydi. Ma’lumki, bu erda asosiy voqeylik Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang bo‘ladi.
"Biz jangchilar va muxlislarning xavfsizligi haqida doim tashvishlanamiz. Biz bir necha hafta davomida koronavirus va u UFC 249 turniriga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida turli xil fikrlar yuritmoqdamiz.
Faqat shuni aytishim mumkinki, biz musobaqani bekor qilmaymiz ",- dedi Uayt.

Fikrlar