Koronavirusga qarshi emlanmagan "Bavariya" futbolchilariga qanday chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Myunxenning “Bavariya” klubi koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortgan va karantinga tushgan futbolchilarga maosh to‘lamaydi.
Sport1.de sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis grandi rahbariyati jamoa futbolchilarini bu haqda allaqachon ogohlantirgan. Ayrim futbolchilar esa bu qarordan dovdirab qolgan.
Shu tariqa, hujumchilar Erik-Maksim Shupo-Moting, Serj Gnabri va Jamal Musiala, yarim himoyachilar Mikael Kuizans va Yozua Kimmix karantinda bo‘lgan davri uchun maosh olmaydi. Bu futbolchilarning hech biri koronavirusga qarshi emlanmagan.
Qayd etish lozimki, bu borada eng ko‘p zarar ko‘radigan futbolchi Kimmix. U taxminan 700 ming evrodan ko‘proq yo‘qotishi mumkin.



Fikrlar