Koselni "Arsenal"dan ketishni rejalashtirmoqda
Londonning "Arsenal" klubi o‘zining tajribali himoyachisi Loran Koselnidan ajralib qolishi mumkin.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli frantsiyalik futbolchi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirmoqchi. Unga esa "Bayer", "Renn" va "Milan" klublari xaridor bo‘lishmoqda. Ushbu jamoalar orasida esa "dorishunoslar” favorit deya e’tirof etilmoqda.
Ma’lumot uchun, Koselni 2010 yildan buyon “Arsenal” sharafini himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 352ta o‘yinda maydonga tushdi va 27ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar