
Kosielni yangi mavsumni Frantsiya chempionatida boshlaydi
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Loran Kosielni faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishga juda yaqin turibdi.
L'Equipe nashrining xabar berishicha 33 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Bordo"ga o‘tadi. U allaqachon yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Frantsiyaga uchib ketgan.
Ta’kidlash kerakki, “kanonirlar” ham uni qo‘yib yuborishga rozilik bildirishgan.
Ma’lumot uchun, Kosielni “Arsenal” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan mavsum 29ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar