Koutino: APLga qaytmoqchi emasman
Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Filippe Koutino o‘zining yana APLga qaytishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Hozir mening butun hayolim “Barselona”da. Men kataloniyaliklar safida endigina ikkinchi mavsumimni o‘tkazyapman. Shuni aytishim mumkinki, menda yana Angliyaga qaytish rejasi yo‘q”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Koutino “Barselona” safiga 2018 yilning yanvarida 135 mln evro evaziga “Liverpul”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 44ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar