
Koutino "Arsenal" qarorgohiga keldi
Braziliyalik vinger Filippe Koutino katta ehtimol bilan faoliyatini "Arsenal"da davom ettiradi.
Express nashrining ma’lum qilishicha, 28 yoshli futbolchi kecha “kanonirlar”ning mashg‘ulotlar bazasiga borgan. Tashrif davomida u jamoa vakillari bilan uchrashgan va shaxsiy shartnoma bandlarini kelishib olgan.
Koutino so‘nggi mavsumni “Bavariya”da ijarada o‘tkazdi. Uning transfer huquqi esa “Barselona”ga tegishli.
Fikrlar