Koutino Qatarga nega keldi? (FOTO)
“Barselona” yarim himoyachisi Filippe Koutino hali ham dekabr oyida olgan jarohatidan davolanmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, braziliyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Qatarga kelgan. U Dohadagi klinikalardan birida to‘liq tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Koutino yanvar oyida chap tizzasidan operatsiya qilingan edi. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng, shifokorlar "Barsa" futbolchisining tiklanishi uchun uch oyga yaqin vaqt talab etilishini taxmin qilishgan edi. Biroq, hozirda futbolchining tiklanishi kechikmoqda.
28 yoshli Koutino joriy mavsum La Ligada jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar