Koutino transferi tafsilotlari ma’lum
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Aston Villa" safiga o‘tdi. U birmingem klubida sotib olish sharti bilan mavsum so‘nggiga qadar ijara asosida to‘p tepadi.
Mazkur jarayonda Stiven Jerrard o‘zi bevosita ishtirok etdi. So‘nggi 48 soat ichida u braziliyalik pleymeyker bilan doimiy muloqotda bo‘lib turgan.
Angliya jamoasi 29 yoshli futbolchining soliqlari bilan birgalikda taxminan 65 foiz maoshini to‘lab beradigan bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, Koutino ushbu mavsum "ko‘k-anor ranglilar" tarkibida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar