Koutinoning agenti: U "Barselona"ga qarshi o‘yinni sabrsizlik bilan kutmoqda

  • 14.08.2020 00:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazayotgan “Barselona” vingeri Filippe Koutino kataloniyaliklarga qarshi bo‘ladigan o‘yinni sabrsizlik bilan kutmoqda. Bu haqda uning agenti Kia Jurabchian aytib o‘tdi.

“Hozirda Koutino Chempionlar Ligasining keyingi bosqichiga chiqishga intilmoqda. Oldinda katta o‘yin kutmoqda - u egalik qiladigan klub o‘zi o‘ynaydigan jamoaga qarshi. Hozir Filippe uchun hammasi o‘ta jiddiy.

U "Barselona" ga qarshi o‘ynaydi, Koutino buni kutmoqda. U Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni juda xohlayapti. Menimcha, "Bavariya" bunday salohiyatga ega jamoa”, - deydi agent.

“Barselona” – “Bavariya” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!