Kris Smolling yana APLga qaytishi mumkin!

"Roma" himoyachisi Kris Smolling APLga qaytishi mumkin. Unga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda. 

Mavsum yakuniga etgach Smollingning "bo‘rilar" bilan shartnomasi yakuniga etadi. U erkin agent sifatida Antonio Konte jamoasi bilan kelishuvga erishishi mumkin bo‘ladi. 

Futbolchining o‘zi ham yurti Angliyaga qaytishni rad etmaydi. U avval "Roma"ga "Manchester Yunayted" safidan kelib qo‘shilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!