Krishtianu Ronaldu: "Barsa" so‘nggi 5 yilda juda ko‘p transfer qildi. Ammo ChLni yuta olmadi"
"Yuventus" xujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning Chempionlar Ligasidagi niyatlari haqida gapirdi.
- Bu yil "Yuventus" yili bo‘lishi mumkinmi?
"Har qanday yil "Yuventus", "Real" yoki "Barca" yili bo‘ladi, ammo bitta sovrin - Chempionlar Ligasi. Unda faqat bitta jamoa g‘alaba qozonadi. "Barselona" ni oling: so‘nggi besh yil davomida ular futbolchilarga juda ko‘p pul sarflashdi, ammo Chempionlar Ligasida g‘alaba qozona olishmadi. Bu ish bermayapti.
"Yuve" ancha yaxshilandi va biz har doimgidek g‘alaba uchun kurashamiz, ammo bu ko‘pgina omillarga bog‘liq: pley-offdagi juftliklar, guruhdagi raqiblar, o‘yin shakli, jarohatlar, omad ...
Ammo, har doim aytganimdek, biz Chempionlar Ligasida yutishimiz kerak. "Yuve" g‘alaba qozonadi - agar bu yil bo‘lmasa, unda bir-ikki yilda. Bu bizning ish uslubimizdan, munosabatimizdan kelib chiqib, natija beradi. "Yuve" Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun hamma narsaga ega," - dedi Ronaldu.
Manba:Marca

Fikrlar