Kriştianu Ronalduni faoliyatini qachon tugatishi ma'lum bo'ldi

  • 23.01.2026 13:36
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Portugaliya milliy terma jamoasi va "An-Nasr" klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu 2027 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs o‘zining X (Twitter) sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu va "An-Nasr" rahbariyati futbolchining 2027 yilda yakunlanadigan amaldagi shartnomasini uzaytirish niyatida emas. Shu bois, o‘sha paytda 42 yoshni qarshi oladigan Krishtianu faoliyatini yakunlash qarorini qabul qilishi ehtimoli yuqori ekani ta’kidlanmoqda.

Shu bilan birga, hujumchi bir necha bor uning asosiy maqsadi — faoliyati davomida 1000 ta gol urish ekanini bildirgan. Ayni paytda portugaliyalik yulduzning hisobida 960 ta gol mavjud.

Ma’lumot uchun, u joriy Saudiya Arabistoni chempionatida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!