
Krishtianu Ronaldu Habibni tabrikladi
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu UFCning engil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedovni Jastin Getji ustidan qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi.
"Do‘stim, tabriklayman! Otang sen bilan faxrlangan bo‘lardi," - deb yozdi Ronaldu o‘zining Instagram tarmog‘ida.
Habibning otasi Abulmanap Nurmagomedov 3 iyul kuni vafot etgandi.
Rossiyalik jangchi "UFC 254" doirasida Jastin Getjini mag‘lub etdi va faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi.
Fikrlar